15:14 / 03.11.2016
5385

Toshkentda O‘zbekiston va Rossiya ishbilarmonlik doiralari biznes-forumi bo‘lib o‘tdi

Foto: UzDaily

Toshkentda O‘zbekiston va Rossiya ishbilarmon doiralari o‘rtasida o‘zaro hamkorlik to‘g‘risida mumorandum imzolandi. Bu haqda UzDaily xabar berdi.

Mazkur hujjat O‘zbekiston va Rossiya ishbilarmon doiralari ishtirokida o‘tkazilgan biznes-forum natijalariga ko‘ra imzolangan.

Tadbirda Rossiya tomonidan 20ga yaqin va O‘zbekiston tomonidan 90dan ortiq kompaniyalar ishtirok etdi. Forum doirasida ishtirokchilar ikki mamlakat o‘rtasidagi savdo-iqtisodiy aloqalarni rivojlantirish masalasini muhokama qilishdi.

Tadbir yakunlariga ko‘ra, “Andijon Ptide Impex” QK hamda “Sabo Hamkor” MChJ va “Prayd” MChJ o‘rtasida O‘zbekiston-Rossiya qo‘shma korxonasini tashkil etishga kelishib olindi.

Top