O‘zbekiston Savdo-sanoat palatasi va Ukraina Xalqaro Savdo Palatasi (XSP) hamkorlik to‘g‘risida memorandum imzolashdi. Bu haqda UzDaily xabar berdi.
Ukraina ishbilarmon doiralari 2016-yilning 24-26 oktabr kunlari O‘zbekistonga tashrif buyurdi.
Tashrif doirasida 25 oktabr kuni O‘zbekiston Savdo-sanoat palatasi va Ukraina Xalqaro Savdo Palatasi (XSP) bilan birgalikda biznes-forum va kooperatsion birja bo‘lib o‘tdi.
Biznes-forum va kooperatsion birja davomida tomonlar turli sohalardagi hamkorlik masalalarini muhokama qilishdi.