16:38 / 04.11.2016
14366

Foto: Ob qirg‘oqlaridagi muz sharlari

Foto: Instagram/liliya7liya

Yamaldagi Nida qishlog‘ida noodatiy tabiat hodisasi yuz berdi. Ob daryosi qirg‘og‘idan 18 kilometr masofada joylashgan ko‘rfazda diametri 10-25 santimetrga ega muz sharlari aniqlandi. Bu haqda «Vesti — Yamal» xabar bermoqda.

Qishloq ma'muriyatining tushuntirishicha, sharlar qordan tashkil topgan bo‘lib, tashqi tomoni muz bilan qoplangan.

Uni ko‘rish uchun ajiotaj bo‘lmadi, lekin ko‘pchilik sharlarni ko‘rish uchun kela boshladi. Muzlarni to‘lqinlar bo‘lakchalarga ajratib tashlagan. Natijada ho‘l qor bu bo‘lakchalarni muzlatgan.

Top