02:52 / 04.11.2016
5449

Xitoy aeroportida tartibga javob beruvchi elektroshokerli robot xodim ishlamoqda

Foto: geektimes.ru

Xitoyning Shenchjen shahrida joylashgan Baoan xalqaro aeroportida robot-politsiyachi AnBot ishga tushdi. Uning vazifasiga hududni qo‘riqlash va yo‘lovchilarga reyslar haqida ma'lumot berish kiradi. Tartibni buzganlar yoki shubhali shaxslarga jazo berish uchun robokop elektroshoker bilan jihozlangan.

AnBot Xitoy Xalq ozodlik armiyasining milliy mudofaa universiteti mahsuli sanaladi va joriy yilning aprelida namoyish etildi. O‘zining tuxumsimon ko‘rinishiga qaramay, robot yetarlicha aqllidir. Sababi uning tashqi qiyofasi atrofdagilarni adashtirishi kerak emas.

Foto: geektimes.ru

AnBot tahdidni xitoycha superkompyuter «Tyanxe-2» orqali aniqlaydi. Unda bulutli xizmat o‘rnatilgan bo‘lib, robotlardan keladigan ma'lumotlarni tahlil qiladi. Bu esa qisqa vaqt ichida katta miqdordagi ma'lumotlarni olishga imkon beradi. "Miya markazi" AnBot o‘zida joylashtirilgan. 

2013 yildan boshlab «Tyanxe-2» uch yil davomida dunyodagi eng kuchli hisoblash mashinasi deb topilgan. Faqat joriy yilda boshqa Xitoy superkompyuteri «Sunway TaihuLight» undan o‘zib ketdi.

AnBot bo‘yi bir yarim metr bo‘lib, vazni 78 kilogramm. Yuqori imkoniyatli to‘rtta kamera odamlarni va atrof-muhitni anglashga xizmat qiladi. Shuningdek, sensorli displeydagi SOS vizual tugmasini bosish yordamida kishilar huquq-tartibot organi vakillarini chaqirishi mumkin.

Foto: geektimes.ru

Elektroshoker faqat zarur vaqtda va qo‘l boshqaruvi rejimidagina faollashadi. Shubhali yo‘lovchilar haqidagi ma'lumotlar aeroport xavfsizlik xizmatiga yetib boradi. Robot 18 km/soat tezligida harakatlana oladi, biroq patrullashtirish rejimida uning harakati 1 km/soatdan oshmaydi. 

Akkumulyator 8 soatli ish vaqtiga yetadi. Robot-qo‘riqchi faqat aeroportda ishga tushadi, biroq kelajakda uni ko‘plab sohalarda ishlatish rejalashtirilgan. AnBot’ni bir soat ijaraga olish haqi hozircha noma'lum.

Top