20:19 / 04.11.2016
6066

Philips va Xiaomi "aqlli" lampalar ishlab chiqarish uchun birlashdi

3dnews.ru

Philips va Xiaomi kompaniyalari "aqlli" yoritish moslamalarini yaratish uchun birlashdi. Hamkorlar bu maqsadda birgalikda ham qurilma, ham dasturiy ta'minot yaratishni rejalashtirishmoqda, deb xabar bermoqda CNET nashri.

Kompaniyalar Xiaomi "aqlli" uyi platformasiga ulanadigan va iOS hamda Android negizida ishlovchi smartfon va planshetlar yordamida boshqariladigan yoritish qurilmalarini ishlab chiqarmoqchi. Ishlab chiqarilgan qurilmalar Xiaomi savdo tarmog‘i orqali sotiladi.

Kompaniyalar hamkorlik qilishlarini endi e'lon qilgan bo‘lsalar-da, ular sentabr boshidayoq birgalikda yaratgan mahsulotlarini namoyish qilishgandi. Gap Philips Eyecare stol usti LED-lampasi haqida ketmoqda. Bu lampa istalgan tomonga burilib, turli holatlarni egallay oladi. Qurilma yorqinlikni avtomatik sozlash funksiyasi va lampani smartfon yordamida boshqarish uchun ishlatiladigan Wi-Fi moduli bilan jihozlangan.

 

Mavzuga oid
Top