12:46 / 04.11.2016
9275

Video: Yevropa Ligasi 4-turidagi eng chiroyli gollardan 2tasi «Fenerbahche» «MYu» uchrashuvida urildi

Yevropa ligasining 4-turi doirasida «Fenerbahche» o‘z maydonida «Manchester Yunayted»ni qabul qildi va 2:1 hisobida g‘alaba qozondi. O‘yinning 2-daqiqasida mezbonlar Sou darvozaga orqa qilib turgan holda zarba berib urgan gol evaziga oldinga chiqib olishdi. 59-daqiqada Lens jarima zarbasini aniq bajarib, hisobdagi farqni oshirdi.

Quyida o‘yin statistika keltirilgan.

«Fenerbahche» - «Manchester Yunayted» 2:1. 

To‘p nazorati: 35 foiz — 65 foiz
Zarbalar: 7 — 9
Aniq zarbalar: 4 — 2
Noaniq zarbalar: 3 — 4
To‘silgan zarbalar: 0 — 3
Jarima zarbalari: 15 — 17
Burchak zarbalari: 0 — 9
Ofsaydlar: 1 — 0
Autdan to‘pni o‘yinga kiritdi: 14 — 42
Seyvlar: 1 — 2
Qoidabuzarliklar: 16 — 15
Sariq kartochkalar: 5 — 3
Uzatmalar: 232 — 626
Aniq uzatmalar: 198 — 569

Top