23:20 / 04.11.2016
5682

Xiaomi smartfondan boshqariluvchi robot-transformerni ishlab chiqardi

Xiaomi bugun o‘zining 75 dollarli yangi mahsuloti - Mi Bunny Block Robot'ni namoyish qildi. Bu smartfondan boshqarish mumkin bo‘lgan robot-transformerdir. "Layfxaker" nashri mazkur robot haqidagi ma'lumoti bilan bo‘lishdi. 

Kompaniya Mijia bilan hamkorlikda 978 detaldan iborat robot-konstruktorni taqdim qildi. Manbaga ko‘ra, "o‘yinchoq" uch xil shaklga kiradi. Bolalar va ularning ota-onalari "robokop", dinozavr va vertolyotdan birini  tanlashlari mumkin. 

Mi Bunny Block Robot'ning o‘ziga xos xususiyatlaridan biri sifatida masofadan boshqarish, blok-grafik dasturlash va muvozanatni saqlash tizimini e'tirof etish mumkin. 

Robotning miyasi 32 bit'li Cortex M3 protsessori, muskullari esa bir daqiqada 133 marta aylanish tezligiga ega bir juft cho‘tkasiz motor-g‘ildiraklardan iborat. Unda mexanik tugunlardan tashqari, tezlikni aniqlovchi va isib ketishdan asrovchi elektron datchiklar mavjud. Darvoqe, xavfsizlik haqida: detallarni tayyorlashda ekologik toza materiallardan foydalaniladi. 

Mi Bunny Block Robot smartfondan boshqariladi. O‘yinchoqning harakatlarini boshqarish, masalan, raqs tushishga o‘rgatish mumkin. Buning uchun unda modul-harakatlar asosida boshqaruvchi dasturiy ta'minot mavjud. Robotni boshqaruvchi ilovadan foydalanish hatto bolalarga ham qiyinchilik tug‘dirmaydi. 

Mi Bunny Block Robot 11 noyabrdan boshlab, hozircha faqat Xitoy hududida sotuvga qo‘yiladi. 

 

Mavzuga oid
Top