21:07 / 05.11.2016
12374

Kechki dayjest: 5 noyabrning eng muhim xabarlari

Yakunlanib borayotgan 5 noyabr O‘zbekiston va jahonda yuz bergan turli voqea-hodisalarning eng saralari Kun.uz dayjestida.


Toshkentga ikkinchi Dreamliner kelib qo‘ndi (video)


Foto: Sputnik

 

O‘zbekiston poytaxti Toshkent shahri xalqaro aeroportiga «O‘zbekiston havo yo‘llari»ning ikkinchi Boeing -787 Dreamliner samolyoti kelib qo‘ndi.

>>> Batafsil.

O‘zbekiston xalq shoiri Abdulla Oripov hayotdan ko‘z yumdi


Foto: AbdullaOripov.com

O‘zbekiston xalqi, O‘zbekiston adabiyoti va san'ati og‘ir judolikka uchradi. Kun.uz sayti manbasining xabariga ko‘ra, O‘zbekiston qahramoni, xalq shoiri Abdulla Oripov og‘ir xastalikdan so‘ng 75 yoshida vafot etgan.

>>> Batafsil.

Rossiya: Halabga 19 kundirki zarba berilmayapti


Foto: © RIA Novosti

Rossiya harbiy kosmik kuchlari va Suriya HHK aviatsiyasi 19 kundirki, Suriyaning Halab shahriga havo zarbalari bermayapti.

>>> Batafsil.

Obama AQSh harbiy intervensiyalarining oqibatlarini tan oldi


Foto: AP/Pablo Martinez Monsivais

AQSh prezidenti Barak Obamaning bayonot berishicha, AQShning harbiy intervensiyalari ayrim hollarda, vaziyatni yaxshi tomonga o‘zgartirayotgan bo‘lsa-da, ba'zan Vashingtonning aralashuvi kutilmagan salbiy oqibatlarga olib kelmoqda.

>>> Batafsil.

Assanj: Klinton Liviyaning barbod bo‘lishida asosiy shaxs edi


Foto: AP

AQSh prezidentligi uchun demokratlar partiyasi nomzodi Hillari Klintonning yozishmalari, uning Liviya parchalanishida asosiy o‘rin tutganidan guvohlik beradi.

>>> Batafsil.

Dehli havosidagi tutun 1700dan ortiq maktab yopilishiga sabab bo‘ldi


Foto: Twitter/ndtvindia

Hindiston poytaxtidagi 1700dan ortiq munitsipal maktablar shanba kuni faoliyat ko‘rsatmadi, deya xabar qilmoqda mahalliy OAV.

>>>  Batafsil.

Pekin aeroportida deyarli 500 ta reys bekor qilindi


Foto: © RIA

Pekindagi Shoudu xalqaro aeroportida 5 noyabrda kuchli smog va bulutlilik tufayli kamida 494 ta reys bekor qilindi.

>>> Batafsil.

OAV: Turkiyaning kurdparast partiyasi hamraislari qamoqqa olindi


Foto: Getty Images

Turkiya sudi Xalqlar demokratiyasi partiyasi deputatlari, shu jumladan partiya hamraisi Salohiddin Demirtosh va Figen Yuksekdagni hibsda saqlash xususida qaror qildi.

>>> Batafsil.

Peterburglik milliarder Dubayda vafot etdi


Foto: © EPA

Dubayda 5 noyabrga o‘tar kechasi mehmonxonadagi nomerida peterburglik milliarder Aleksey Sargin vafot etdi.

>>> Batafsil.

Bred Pitt farzandlarini Anjyelina Joli bilan birga qaramog‘iga olmoqchi


Foto: © EPA

Hollivud yulduzi Bred Pitt rasman sudga murojaat qilib, o‘zi va rafiqasi Anjyelina Joli uchun 6 nafar farzandi vasiyligini birdek taqdim etishni so‘ragan.

>>> Batafsil.

128 yildan so‘ng rassom Van Gog nima sababdan qulog‘ini kesgani ma'lum bo‘ldi


Foto: © Getty Images

Vinsent Van Gog umri davomida uni qo‘llab-quvvatlagan akasi Teoning fotihasi haqida xabar topgach, o‘z-o‘zini qiynashni boshlagan.

>>>  Batafsil.

"Arsenal" - "Tottenhem", "Sevilya" - "Barselona" va dam olish kunlari o‘tkazib yuborib bo‘lmas o‘yinlar

5-6 noyabr kunlari Yevropada milliy chempionat o‘yinlari davom ettiriladi. Futbol muxlislarini bir qator qiziqarli o‘yinlar kutmoqda.

>>> Batafsil.

O‘zbekiston kiber futbol o‘yinlari Assotsiatsiyasi ish boshladi


Foto: plex.tv

 

“O‘zbekiston Kiber Futbol o‘yinlari Assotsiyatsiyasi” Nodavlat Notijorat Tashkiloti rasmiy ravishda O‘zbekiston Respublikasi Adliya Vazirligi tomonidan tasdiqlandi.

>>> Batafsil.

Senator Pakyao jahon chempionligi uchun ringga chiqadi


Foto: © AP

Bugun, 5 noyabrda sakkiz vazn toifasida sobiq jahon chempioni filippinlik Menni Pakyao Butunjahon boks tashkiloti (WBO)ning 66,68 kg vazn toifasidagi chempioni amerikalik Jyessi Vargas bilan kuch sinashadi.

 >>>  Batafsil.

Top