Dubayda 5 noyabrga o‘tar kechasi mehmonxonadagi nomerida peterburglik milliarder Aleksey Sargin vafot etdi, deb xabar bermoqda "Fontanka.ru".
Nashr ma'lumotlariga ko‘ra, tadbirkor bayram kunlari o‘z do‘stlari – peterburglik tadbirkorlar bilan BAAga dam olgani kelgan. Uning tanishlarining aytishicha, milliarderning to‘satdan yuragi urmay qolgan.
Ta'kidlanishicha, 48 yoshli Aleksey Sargin Peterburgning eng badavlat yuz kishisi orasiga kirgan.