Rossiya harbiy kosmik kuchlari va Suriya HHK aviatsiyasi 19 kundirki, Suriyaning Halab shahriga havo zarbalari bermayapti, deb xabar qilmoqda RIA «Novosti» agentligi.
Bu haqda Rossiya mudofaa vazirligi rasmiy vakili general-mayor Igor Konashenkov bayonot bergan.
«Jangarilarning fitnasi va otishmalarning davom etayotganiga qaramay, Rossiya HKK va Suriya HHK aviatsiyasi 19 kundirki Halab uzra zarbalar berayotgani yo‘q», — degan Konashenkov.