20:55 / 05.11.2016
7430

JAR prezidenti turmaga o‘tirishdan qo‘rqmasligini aytdi

Foto: RIA

Janubiy Afrika Respublikasi prezidenti Jyeykob Zuma avj olgan korruptsion mojaro sababli turmaga o‘tirishdan qo‘rqmasligini aytdi. Bu haqda Associated Press axborot agentligi xabar bermoqda. 

Korrupsiyada gumon qilinayotgan Zuma uning iste'fosini talab qilayotganlarga shu tariqa javob qaytardi. JAR prezidenti uning panjara ortida o‘tirish tajribasi borligini aytgan. Uning ta'kidlashicha, u JARdagi aparteidga qarshi harakatdagi ishtiroki uchun hayotining 10 yilini qamoqda o‘tkazgan.

Ma'lum qilinishicha, joriy haftada JARni kuzatuvchi agentlik davlat darajasidagi korrupsiya masalasi va unga Zumaning aloqasi bo‘lishi mumkinligi haqida hisobot chop etgan. Zuma bu hisobotni tanqid qilgan va unga "birorta ham so‘z aytishga" berilmaganini ta'kidlab o‘tgan.

 

Top