12:53 / 06.11.2016
9808

Bryusselda josus Jyeyms Bond muxlisi katta ko‘lamdagi maxsus operatsiya o‘tkazilishiga sababchi bo‘ldi

Foto: RTL

Bryusselning Volyuve-Sen-Lamber kommunasida politsiya maxsus kuchlarining bir necha ortryadi va vertolyot qurollangan kishi orqasidan quvlab yurdi. Bu haqda RTL  xabar berdi

Qurollangan erkakni binolardan birining tomida bir piyoda ko‘rib qolgan. Aynan u politsiyaga bu haqda xabar bergan. Voqea joyiga yetib kelgan politsiyachilar tomdagi erkak terrorchi bo‘lishi mumkin deb taxmin qilishgan va yordamga vertolyot chaqirtirishgan.

Maxsus operatsiya natijasida "xavfli" jinoyatchi qo‘lga olingan. Biroq aniqlanishicha, u josus Jyeyms Bond haqidagi filmlar asosida havaskorlik filmining suratga olinishida qatnashayotgan yosh yigit bo‘lib chiqqan. Uning oldidan qurol topilmagan, u tomda olib yurgan quroli mulyaj (soxta qurol) bo‘lib chiqqan.

RTL Info portalining ma'lum qilishicha, yosh yigitga mualliflik huquqlarini buzish hamda ruxsatsiz suratga olish ayblovi qo‘yilishi mumkin.

Mavzuga oid
Top