00:43 / 06.11.2016
4799

Italiya sohilbo‘yi qo‘riqlash xizmati bir kun ichida 2,2 mingdan ko‘proq muhojirni qutqarib qoldi

Foto: Reuters

Italiya sohilbo‘yi qo‘riqlash xizmati xodimlari 5 noyabrda bir kun ichida Yevropaga dengiz orqali o‘tmoqchi bo‘lgan 2,2 mingdan ko‘proq muhojirni qutqarib qolishganini ma'lum qilishdi, deb xabar bermoqda Reuters axborot agentligi.  

Ma'lum qilinishicha, muhojirlar 13 ta rezina va uchta turli o‘lchamdagi qayiqlardan chiqarib olingan.

Qutqaruv operatsiyasi davomida favqulodda xizmatlar 10 kishining jasadini ham chiqarib olishgan.

Avvalroq O‘rta yer dengizida rezina qayiqda bo‘lgan 25 kishining jasadi topilgan.

 

Mavzuga oid
Top