12:00 / 06.11.2016
16401

Menni Pakyao ringga qaytgandan keyingi birinchi jahon chempioni kamarini qo‘lga kiritdi 

Foto: The Guardian

Boks bo‘yicha sobiq jahon chempioni Menni Pakyao ringga qaytgandan keyingi birinchi jangida g‘alabaga erishdi. 12 raund davom etgan jangda filippinlik superbokschi amerikalik Jyessi Vargasni mag‘lub etdi va undan o‘rta vazn toifasidagi WBO jahon chempioni kamarini tortib oldi. 

Hakamlar g‘alabani bir ovozdan Pakyaoga berishdi: 114-113, 118-109, 118-109. Qayd qilish joizki, filippinlik bokschi joriy bahorda bokschilik faoliyatini yakunlashini e'lon qilgandi. U may oyida Filippin senatiga deputat etib saylangandi.

Mavzuga oid
Top