19:43 / 06.11.2016
14719

Mo‘sulning fransuz artilleriyasi tomonidan o‘qqa tutilishi videosi paydo bo‘ldi

Internetda Mo‘suldagi IShID pozitsiyalarining xalqaro  koalitsiya kuchlari tomonidan bombardimon qilinishi videosi joylashtirildi. Video Conflict News portali tomonidan tvitterda chop etildi.

Rolikka fransuz artilleriyasining Mo‘sulga o‘q uzishi lavhalari kirgan. Iroqdagi fransuz harbiy guruhi 155 mm lik kalibrdagi qurollarga ega CAESAR artilleriya qurilmalaridan foydalanib kelmoqda. Videoda, shuningdek, Al-Asad bazasidan Iroq armiyasining Mo‘sulga hujumini AQShning M-109 o‘ziyurar artilleriya qurilmalari qo‘llab-quvvatlayotgani ko‘rsatilgan. 

Fransiya Iroqda o‘z artilleriyasini joylashtirishni boshlagani sentabr boshida ma'lum bo‘lgandi. 

 

Mavzuga oid
Top