20:26 / 07.11.2016
4381

AQShda Klinton ma'muriyatida ishlagan ilk ayol bosh prokuror hayotdan ko‘z yumdi

Janet Reno

AQShning sobiq bosh prokurori va adliya vaziri Jenet Rino 79 yoshida Amerikaning Mayami shahrida (Florida shtati) hayotdan ko‘z yumdi. U Bill Klinton ma'muriyatida ushbu yuksak lavozimni egallagandan buyon mamlakat tarixidagi ilk ayol bosh prokuror sifatida e'tirof etib kelinadi. Associated Press agentligi shu haqida xabar berdi. 

Yaqin insonlaridan birining so‘zlariga ko‘ra, sobiq adliya vaziri ko‘p yillar davomida Parkinson kasalligi bilan kurashib kelgan. U o‘zining so‘nggi kunlarini Mayamidagi uyida yaqinlari va do‘stlari orasida o‘tkazgan. Rino Mayami shahrida jurnalistlar oilasida tavallud topgan. U Kornell hamda Harvard universitetlarini huquqiy bilimlar yo‘nalishi bo‘yicha tamomlagan. 

Jenet Rino 1993 yilda prezident Bill Klinton tomonidan adliya vaziri va bosh prokuror lavozimlariga tayinlangan. U 8 yil davomida mazkur lavozimida faoliyat ko‘rsatgan. Butun Amerika tarixida bu lavozimda faqat Uilyam Virtgina (1817-1829 yillarda adliya vazirligini boshqargan) undan uzoqroq faoliyat olib borgan. 

Klinton ma'muriyatida ishlagan vaqtlarida Rino ko‘plab murakkab va muammoli masalalarni ko‘rib chiqishiga to‘g‘ri kelgan. 

2001 yilda iste'foga chiqqandan so‘ng Rino Florida gubernatorligiga o‘z nomzodini qo‘ygan, biroq praymerizda demokrat raqiblaridan biriga mag‘lub bo‘lgan. 

 

Top