14:46 / 07.11.2016
7337

Filippin prezidenti AQShdan qurol sotib olish bitimini bekor qildi

Foto: Reuters

Filippin respublikasi prezidenti Rodrigo Duterte AQShdan qurol xarid qilish bitimini bekor qilish bo‘yicha ko‘rsatma berdi, deb xabar qilmoqda Reuters agentligi.

Uning bayonot berishicha, mamlakat hukumati birmuncha arzon yo‘llarini qidiradi. 

Ta'kidlanishicha, AQSh Davlat departamenti Filippin milliy politsiyasiga 26 ming dona vintovka sotish rejasini bekor qilgani haqida ma'lum qilgan edi.
 
Duterte avvalroq, agar AQSh ushbu shartnomani ijro etishdan bosh tortsa, qurol uchun Rossiyaga murojaat qilishini bildirgan edi. 

Mavzuga oid
Top