14:23 / 07.11.2016
5881

IShID Mo‘sul atrofidagi 19 neft qudug‘ini yoqib yubordi

Foto: AFP

Iroqdagi Mo‘sul shahrining janubiy hududlaridan chekinayotgan IShID terrorchi guruhi jangarilari 19 neft qudug‘ini yoqib yuborishdi. Bu haqida UNIAN nashri xabar berdi. 

Manbaga ko‘ra, mahalliy aholi nafas olishga qiynalmoqda, aksariyat uy hayvonlari halok bo‘lmoqda. 

IShID jangarilari Mo‘sul atrofidagi yana 6 neft qudug‘ini nazorat qilishda davom etmoqda, ularning ham yoqib yuborilish xavfi mavjud. 

Oktyabr oyi oxirida ham IShID Iroqning shimolidagi Al-Qayara shahridan qochayotib, barcha neft quduqlarini yoqib ketgandi. 

Amerika razvedkasining ma'lumotiga ko‘ra, hozir Mo‘sulda taxminan 3,5-4 ming IShID jangarisi qolgan. 

Top