20:03 / 07.11.2016
5481

Ispaniya 1 milliard yevrolik kreditini muddatidan avval to‘laydi

Foto: Getty Images

Yevropa barqarorlik mexanizmi (ESM, YeI barqarorlik fondi) Ispaniyaning 1 milliard yevrolik aksilinqiroz kreditlarning muddatidan ilgari qoplanishiga doir so‘rovini qondirdi. Bu haqida barqarorlik fondining arizasida ma'lum qilindi. 

"Direktorlar kengashi Ispaniyaning 1 milliard dollarlik ESM kreditlarini qoplash maqsadida muddatidan ilgari to‘lovni kiritishga oid so‘rovini tasdiqladi,- deyiladi hujjatda. - Shu tariqa Ispaniya makromoliyaviy yordam dasturi bo‘yicha kreditlarni qoplash doirasida muddatidan avvalgi to‘rtinchi to‘lovini amalga oshirmoqda". 

Mazkur to‘lovdan keyin Madridning ESM'dan qarzi 34,7 milliard yevroni tashkil qiladi. Ispaniyaga makromoliyaviy yordam ko‘rsatish dasturi 2012 yilda yo‘lga qo‘yilib, 2014 yilda yopilgan. Uning hajmi 41,3 milliard yevroni tashkil qilgan. 

 

Top