07:33 / 07.11.2016
3848

Mutaxassislar SpaceX raketalari fazogirlar bilan uchirilishi xavfli ekanidan ogohlantirishdi

Foto: Getty Images

NASA maslahatchilari koinot agentligiga SpaceX raketalarining fazogirlar bilan uchirilishi xavfli bo‘lishi mumkinligi haqida maktub yo‘llashdi. Bu haqda The Wall Street Journal gazetasi xabar bermoqda. 

Nashr ma'lumotlariga ko‘ra, NASA’ning Xalqaro koinot stansiyasi masalalari bo‘yicha maslahatchilari qo‘mitasi a'zolari agentlik rahbariyatiga ogohlantirish bilan murojaat qilishgan. Ularning fikricha, SpaceX raketalariga yonilg‘i quyishda ishlatilayotgan usulda fazogirlar raketa bortiga chiqishga ulgura olmaydilar. Raketaga yonilg‘i quyishda jumladan juda past haroratlargacha sovitilgan yonilg‘idan foydalaniladi. Maslahatchilarning aytishicha, bu usulda ekipaj a'zolari o‘z joylarini yarim soatda egallashlari lozim, biroq bu yetarlicha emas.

Shu bilan birga ta'kidlanishicha, birorta davlatda raketa ekipaji yonilg‘i quyish jarayoni to‘liq yakunlanishi oldidan raketalarga joylashmaydi. Nashr ma'lumotlariga ko‘ra, NASA bu masalani 2016 yil oxirigacha hal qilishga va'da bergan.

 

Mavzuga oid
Top