15:51 / 07.11.2016
10596

Saakashvili iste'foga chiqdi

Foto: © RIA Novosti

Ukrainaning Odessa viloyati gubernatori Mixail Saakashvili iste'foga chiqqani haqida ma'lum qildi. U bu haqda ma'lum qilgan matbuot anjumani 112 telekanali orqali translyatsiya qilinmoqda.

«Men iste'foga chiqishga va kurashning yangi bosqichiga o‘tishga qaror qildim. Men bo‘sh o‘tirmayman. Men qancha yurish mumkin bo‘lsa shuncha yuradigan soldatman, yuraveraman, yuraveraman», — degan Gruziyaning sobiq prezidenti.

Saakashvilining yelkadoshi, Odessa politsiyasi rahbari general Georgi Lortkipanidze ham iste'foga chiqqani ma'lum bo‘ldi.

Saakashvili iste'foga ketish sabablarini ma'lum qildi

Saakashvili Poroshenkoni korruptsion klanlarni qo‘llab-quvvatlashda aybladi

Top