14:26 / 07.11.2016
3428

Yunker YeI axloq kodeksini qat'iylashtirishni yoqlamoqda 

Foto: Reuters

Yevrokomissiya rahbari Jan-Klod Yunker YeIning axloq kodeksini kuchaytirish fikrini ilgari surmoqda. Bunga Yevrokomissiya sobiq rahbari Joze-Manuel Barrozuning Goldman Sachs bankiga ishga o‘tgani sabab bo‘ldi, deb yozmoqda fransuz OAV. 

Ma'lum bo‘lishicha, Yunker Yevrokomissiyaning sobiq rahbarlari xususiy kompaniyalarga Bryussel ruxsatisiz yollanishi muddatini yarim yildan 3 yilgacha uzaytirish taklifini bildirmoqda. U shuningdek, 2004-2014 yillarda Yevropa komissiyasiga rahbarlik qilgan Barrozuning ishga joylashishida hech qanday axloqiy me'yorlar buzilmaganini ta'kidlagan. 

«Ochiq aytishim mumkin, shaxsan men lavozimni tark etganimdan so‘ng, 3 yil ichida har qanday bank yoki boshqa xususiy kompaniyadan taklifni qabul qilmayman. Garchi, buni 3 yildan keyin ham amalga oshirish niyatim bo‘lmasa-da», — deb qayd etgan Yunker.

Avvalroq, Yevrokomissiya Barrozuni axloq me'yorlarini buzmagan deb topgan edi.

Mavzuga oid
Top