11:48 / 08.11.2016
30900

AQShda ochilgan birinchi saylov uchastkasidagi ovoz berish natijalari ma'lum qilindi

Foto: AR

AQShda 45-prezident saylovi boshlandi. Mahalliy vaqt bilan yarim tunda (Toshkent vaqti bilan 8 noyabr 10:00) an'anaviy tarzda Nyu-Hempshir shtatining Diksvill-Notch qishlog‘ida saylov uchastkasi ochildi va qishloqda yashaydigan 8 kishining barchasi ovoz berdi va uchastka darhol yopildi.

Boston Globe xabariga ko‘ra, ovoz berish natijalariga ko‘ra, demokratlar nomzodi Hillari Klinton ustunlikka erishgan. U to‘rtta ovoz, respublikachi nomzod Donald Tramp ikkita ovoz to‘plagan. Shuningdek, Libertarian partiyasidan nomzod Geri Jonson hamda Mitt Romniga bittadan ovoz berilgan.

Nyu-Hempshir qonunchiligiga ko‘ra, 100 nafardan kam saylovchilar istiqomat qiladigan aholi punktlari saylov uchastkalarini yarim tunda ochib, ro‘yxatga olingan saylovchilarning barchasi o‘z ovozlarini berib bo‘lgach, darhol yopish uchun ruxsat olishi mumkin.

Bu an'ana 1960 yilda boshlangan. O‘shanda qishloq bu vaqtda ovoz berishni o‘tkazib olish huquqini qo‘lga kiritgandi. Diksvill-Notch AQShda praymerizlarda ham, asosiy saylovlarda ham ovoz berishni boshlab berish ramziga aylangan.

Mavzuga oid
Top