20:55 / 08.11.2016
4982

«Inter» Piolini yangi bosh murabbiy sifatida tanishtirdi

«Inter» Stefano Pioli jamoa bosh murabbiyligiga tayinlangani haqida rasman ma'lum qildi.

Tomonlar 2018 yilning yoziga qadar bitim tuzishgan.

Pioliga Jakomo Murelli va Davide Lukarelli yordamchi bo‘ladi. Murabbiylar shtabidan shuningdek, jismoniy tayyorgarlikka mas'ul mutaxassislar Matteo Osti va Franchesko Perondi joy oladi.

Piolining oxirgi ish joyi «Latsio» jamoasi bo‘lib qolayotgandi. U rimliklar jamoasidan shu yilning aprelida ishdan bo‘shatilgandi.

Top