19:39 / 08.11.2016
5254

OAV Apple'ning yangi rangdagi iPhone 7 ishlab chiqarish rejasidan xabar topdi

Foto: CG Image

Apple kompaniyasi iPhone 7'ning ranglari safini kengaytiradi va Pure White oq yaltiroq korpusdagi smartfonini ishlab chiqaradi. Bu haqida Macotakare sayti xabar berdi

Yangi rangdagi qurilmaning ishlab chiqarilishiga Jet Black (tim qora) modeliga talabning yuqoriligi sabab bo‘ldi. Oq rangdagi iPhone 7 qurilmasini sotuvga chiqarish vaqti hozircha noma'lum. Portal tahririyatining ta'kidlashicha, ma'lumot yolg‘on ham bo‘lishi mumkin. 

iPhone 4 voqeasini esga olaylik: 2010 yilning iyundagi taqdimotdan 9 oy o‘tib, kompaniya oq korpusdagi smartfonini taqdim etgandi. Ehtimol, iPhone 7 bilan ham shunday bo‘lar. Hozirda iPhone 7 besh xil variantda taqdim etilgan: kumushrang, tillarang, pushti, qora va tim qora ranglarda. 

 

Mavzuga oid
Top