00:28 / 08.11.2016
9786

Obama Xillari Klintonga ovoz berganini ma'lum qildi

Foto: Reuters

AQSh prezidenti Barak Obama saylovchilarga AQSh prezidentligi saylovlarida Xillari Klintonga ovoz berganini ma'lum qildi. 

"Men ovoz berib bo‘ldim va men Xillari Klintonga ovoz berdim", deb aytdi Obama Michigandagi chiqishida.

Obamaning ta'kidlashicha, u Klintonga mamlakat kelajagini ishonib topshirish mumkin bo‘lganligi sababli unga ovoz bergan. "Siz ham shunday qilishingiz kerak", deb aytdi Obama hamda saylovlarda Donald Tramp yutadigan bo‘lsa, "bizning barcha yutuqlarimiz oqova ariqqa oqizilgan bo‘ladi", deb aytdi.

Obama Klintonni faol qo‘llab-quvvatlamoqda va deyarli har kun uning foydasiga namoyishlarda ishtirok etmoqda.

Avvalroq Barak Obama Chikagodagi saylov uchastkasida 7 oktabrda ovoz bergani ma'lum qilingandi.  

 

Top