16:57 / 08.11.2016
14329

Poroshenko Saakashvilining iste'fosiga munosabatini bildirdi

Foto: © RIA Novosti

Ukraina prezidenti Petro Poroshenkoning hisoblashicha, Odessa viloyati ma'muriyati rahbari Mixail Saakashvili iste'foga chiqish orqali mamlakatni qo‘llab-quvvatlashini ko‘rsatdi. Bu haqda «Interfaks» xabar bergan.

«Biz demokratik davlatmiz. U esa muxolifatchi sifatida siyosiy  kampaniya boshladi...», — degan u.

Poroshenko qayd etib o‘tganki, Ukrainaga bir qancha gruzin arboblar islohotlar amalga oshirilishi uchun taklif etilgan. U taklif etilganlardan bir qanchasi hukumatda muvaffaqiyat bilan ish olib borayotganini ta'kidlagan.

Bundan oldinroq Mixail Saakashvili o‘z lavozimidan iste'foga ketishiga izoh bera turib, Poroshenkoni mahalliy klanlarga homiylik qilishda ayblagandi.

Mavzuga oid
Top