17:49 / 08.11.2016
15349

Rubik kubigini yig‘ish bo‘yicha yangi dunyo rekordi o‘rnatildi (video)

Foto: Daily Mail

Gollandiyada istiqomat qiluvchi Mats Valk Indoneziyadagi Jawa Timur Open 2016 chempionatida Rubik kubigini yig‘ish tezligi bo‘yicha yangi dunyo rekordini o‘rnatdi. Daily Mail nashri shu haqida ma'lum qildi

20 yoshli Valk kubikni yig‘ishga 4,74 soniya sarfladi. Bu natija avvalgi dunyo rekordchisi - amerikalik Lukas Etter tezligiga qaraganda 0,164 soniyaga kamdir. 

Bundan avval - 2013 yilda ham gollandiyalik bu yigit rekord natijaga erishgandi. O‘shanda u Rubik kubigini 5,55 soniyada yig‘ishga muvaffaq bo‘lgandi. 

2016 yilning fevralida amerikalik iqtisodchi Adam Bir tomonidan yaratilgan robot kubikni atigi 0,887 soniyada yig‘a olgan. 

Top