22:40 / 08.11.2016
6407

Vespa elektron motorollerni taqdim etdi

Foto: Motor.ru

Italiyalik motoroller ishlab chiqaruvchi Vespa kompaniyasi elektron modelni taqdim etdi. U elettrica nomiga ega bo‘ldi va ilk bor Italiyadagi EICMA mototsikllar ko‘rgazmasida namoyish etildi. 

Vespa elektr energiyasi, batareya va boshqa qurilmalar to‘g‘risida batafsil ma'lumotlar keltirib o‘tmagan. Faqatgina ishlab chiqarish va sotuvga qo‘yish ishlari 2017 yilning ikkinchi yarmidan boshlanishi ma'lum qilingan.
Bundan tashqari, Vespa brendi EICMA ko‘rgazmasida OITS bilan kurashishga yordam beruvchi (RED) jamg‘armasi bilan birgalikda motoroller (Vespa 946) REDni taqdim etdi. Model nomidagi indeks ikki g‘ildirakli texnika ishlab chiqaruvchi kompaniyaga asos solingan 1946 yilni qayd etadi.

Vespa brendiga qarashli Piaggio kompaniyasi elektron transport vositalarini ishlab chiqarish bo‘yicha tajribasi bor. Masalan, u elektron velosipedlar ishlab chiqargan.
«Vespa» — elektron skuter ishlab chiqargan birinchi kompaniya emas. Bu kabi modellar Zap! va E-Max firmalarida mavjud.
 

Top