09:36 / 09.11.2016
6656

AQSh prezident saylovlari byulletenlarining 65 foizdan ortig‘i qayta ishlandi

Foto: Reuters

AQSh prezidentligi uchun bo‘lib o‘tayotgan saylovlarda berilgan byulletenlarni sanash ishlari qizg‘in davom etmoqda. Shu paytgacha, 65,14 foiz ovozlar qayta ishlangan. Uning natijasiga ko‘ra, hozircha respublikachilar nomzodi Donald Tramp 40 foizlik ko‘rsatkich bilan yetakchilik qilmoqda. Uning hisobida 216 nafar vositachi-saylovchi mavjud. Trampga saylovchilarning 46 mln 213 mingdan ortig‘i ovoz bergan. 

Demokratik partiya nomzodi, sobiq davlat kotibi Hillari Klinton 209 nafar saylovchiga egalik qilmoqda. Unga 44 mln 266 mingdan ortiq odam ishonch bildirgan. 

AQSh prezidentlik saylovi natijalarini biz bilan birga kuzatib boring. 
 

Mavzuga oid
Top