16:56 / 09.11.2016
13657

Bred Pitt Anjyelina Joli bilan ajrashganidan so‘ng ilk bor ommaga ko‘rinish berdi

Foto: People

Amerikalik aktyor Bred Pitt aktrisa Anjyelina Joli bilan ajrashuvidan so‘ng ilk bor ommaga ko‘rinish berdi. Bu haqda People xabar bermoqda.

Pitt Los-Anjyelesda o‘tgan “Oy yog‘dusi” filmining yopiq taqdimotiga tashrif buyurgan. Unga aktrisa Juliya Roberts hamroh bo‘lgan. Ular birgalikda “Oushenning o‘n bir do‘sti” va “Oushenning o‘n ikki do‘sti” filmlarida suratga tushishgan.

Pittning Plan B kompaniyasi “Oy yog‘dusi” filmi prodyuserlaridan biri hisoblanadi.

Mavzuga oid
Top