Demokratik partiya nomzodi Hillari Klinton AQSh prezidentligi uchun saylovda mag‘lub bo‘lganini tan oldi.
CNN telkanalining xabar qilishicha, u natijalar ma'lum bo‘lgach, Donald Trampga qo‘ng‘iroq qilgan va uni g‘alaba bilan tabriklagan.
Bundan oldinroq Associated Press Donald Tramp AQShning 45-prezidentiga aylangani haqida ma'lum qilgandi.