20:30 / 09.11.2016
4463

Londonda tramvay to‘ntarilishi oqibatida 5 kishi halok bo‘ldi

Foto: Getty Images

Londonning janubida tramvay to‘ntarilishi oqibatida 5 kishi halok bo‘ldi va o‘nlab odamlar jarohat oldi. Bu haqda britan OAV xabar bermoqda.

Voqea mahalliy vaqt bilan soat 6.00da yuz bergan. Tramvay Kroydon tumanida relsdan chiqib ketib, ag‘darilib ketgan. 50 dan ko‘proq odam shifoxonaga yetkazilgan. Britaniya transport politsiyasi tramvay haydovchisini hibsga olgan.

"Mening o‘ylarim va duolarim Kroydonda tramvay bilan yuz bergan dahshatli avariyada jabrlanganlar bilan birga", deb aytgan Britaniya bosh vaziri Tereza Mey.

Bu hamdarliklarga London meri Sodiq Xon ham qo‘shilgan. Ta'kidlanishicha, politsiya voqea haqida ma'lumot olish uchun "qaynoq liniya" ochgan.

Foto:GETTY IMAGES
Foto:PA
Foto:PETER ALLAN JONES

 

Mavzuga oid
Top