16:44 / 09.11.2016
28222

Samarqand viloyatida 2 tuman hokimi almashtirildi

Foto: Uz24

Xalq deputatlari Kattaqo‘rg‘on shahar kengashining navbatdan tashqari sessiyasida ishtirok etgan viloyat hokimi Zoyir Mirzayev tashkiliy masalalarni ko‘rib chiqdi. Bu haqda Samarqand viloyati hokimligi saytida xabar berilgan.

"Kattaqo‘rg‘on shahar hokimi Shuhrat Rahmonov o‘z arizasiga binoan vazifasidan ozod etildi. Bahodir Sayfullayevich Sa'dullayev viloyat hokimi tavsiyasiga ko‘ra shahar hokimi etib tasdiqlandi", — deyilgan xabar matnida.

Bundan tashqari, xalq deputatlari Oqdaryo tumani kengashining navbatdan tashqari sessiyasida ham tashkiliy masala ko‘rilgan. Nurali Berdibayev o‘z arizasiga binoan, tuman hokimi vazifasidan ozod etilgan. Viloyat hokimi tavsiyasiga ko‘ra, Pirmatboy Usarov Oqdaryo tumani hokimi etib tasdiqlangan.

Top