20:02 / 09.11.2016
4960

Joze Mourino "MYu" shifokorlaridan norozi bo‘lmoqda

Foto: Twitter/ManUtd

"Manchester Yunayted"ning portugaliyalik murabbiyi Joze Mourino jamoaning tibbiy shtabidan norozi bo‘lmoqda. 

The Times xabariga ko‘ra, Mourino futbolchilarning tez-tez jarohat olishi sababli shifokorlarning ishlaridan qoniqish hosil qilmayapti. Bunga Genrix Mxitaryan jarohat olganidan keyin uning holati yanada chuqurlashishi sabab bo‘lgan. 

Eslatib o‘tamiz, Joze Mourino "Chelsi"da ishlagan vaqtida shifokor ayol Yeva bilan ham shunday muammoga duch kelgandi.  

Top