AQSh prezidenti Barak Obama Oq uyning yangi rahbari bo‘ladigan Donald Trampni hokimiyatni topshirish masalasini muhokama qilish uchun Oq uyga taklif qildi. Bu haqda RIA “Novosti” axborot agentligi xabar bermoqda.
"Men kecha tungi 3.30larda Trampni tabriklash uchun u bilan gaplashdim hamda hokimiyatni muvaffaqiyatli topshirishni muhokama qilish uchun uni ertaga Oq uyga taklif qilish imkoniyatiga ega bo‘ldim", deb aytdi Obama.