18:33 / 10.11.2016
9066

Poroshenko AQShga borishga hozirlik ko‘rmoqda

Foto: TASS

Ukraina prezidenti Petro Poroshenko 2017 yilda Amerika Qo‘shma Shtatlariga ishchi tashrif amalga oshirishga tayyorlanmoqda. Bu haqda prezident ma'muriyati rahbari o‘rinbosari Konstantin Yeliseyev ma'lum qilgan.

U qayd etganki, AQShda saylovoldi kampaniyasi davrida Poroshenko ma'muriyati betaraflik saqladi va na Hillari Klinton, na Donald Tramp tomonida turdi. 

Yeliseyevning so‘zlariga ko‘ra, Ukraina hukumati AQSh bilan o‘zaro hamkorlik darajasini ko‘tarish uchun muloqot o‘tkazishni istaydi.

"Biz keyingi yilda Petro Poroshenko AQShga ishchi tashrif bilan borishin ko‘zda tutmoqdamiz", - deya qo‘shimcha qilgan u "Ukraina" telekanali efirida.

Ma'muriyat rahbari o‘rinbosari ma'lum qilganki, Poroshenko Amerikaning yangi saylangan prezidentini Ukrainaga taklif qilib ulgurdi.

Ukraina prezidenti o‘z tabrigida, Kiyev Donald Tramp bilan hamkorlik qilishini bildirib o‘tgandi.

Mavzuga oid
Top