18:58 / 10.11.2016
10194

Suriya Tramp bilan hamkorlik qilishga tayyor

Foto: Reuters

Suriya Arab respublikasi prezidenti  maslahatchisi Buseyna Shaaban ma'lum qildiki, rasmiy Damashq agar uning siyosati umidlarni oqlagudek bo‘lsa, AQShning yangi saylangan 45-prezidenti Donald Tramp bilan hamkorlik qilishga tayyor. Bu haqda RIA «Novosti» xabar bergan.

«Damashq umid qilardik, AQSh Trampning boshqaruvi davrida terrorizmga qarshi kurashda faol bo‘ladi. Agar uning siyosati biz kutgan yo‘sinda kechsa, Damashq AQSh bilan hamkorlik uchun ochiq bo‘ladi. Biz o‘zimizning suverenitetimizni hurmat qiladigan, suriyaliklarning manfaatlari bilan hisoblashadigan va bizning ishlarimizga aralashmaydigan istalgan davlat bilan hamkorlik qilishga tayyormiz», — degan u.

Qayd etilishicha, Shaabanning bayonoti AQShdagi prezidentlik saylovlari natijasiga Suriya tomoni bildirgan ilk munosabat bo‘ldi.

Top