08:18 / 10.11.2016
7927

Tramp Isroil bosh vazirini uchrashishga taklif qildi

Foto: zn.ua

AQSh prezidentligi saylovlarida g‘olib bo‘lgan Donald Tramp Isroil bosh vaziri Benyamin Netanyaxu bilan telefon orqali suhbatlashdi. U muloqot davomida Isroil bosh vaziriga AQShga kelish taklifini bildirdi, deb xabar bermoqda Reuters axborot agentligi. 

O‘z navbatida Netanyaxu Trampni g‘alaba bilan tabrikladi. Tramp Netanyaxuga "birinchi imkoniyat paydo bo‘lishi bilan" AQShda uchrashuv o‘tkazishni taklif qildi.

"Isroil bosh vaziri Donald Trampni g‘alabasi bilan tabrikladi va AQShning Isroildan yaqinroq ittifoqdoshi yo‘qligini ta'kidlab o‘tdi", deyilmoqda Netanyaxu ma'muriyati xabarida.

 

Top