11:22 / 10.11.2016
5388

Yunker Yevropa armiyasi tashkil etilishi xususida fikrlarini bildirdi

Foto: Reuters

Yevrokomissiya rahbari Jan-Klod Yunker qachonlardir Yevropa armiyasini tashkil etish zarur bo‘lishini aytgan. Chunki, uning fikricha, AQSh uzoq istiqbolda Yevropa xavfsizligini ta'minlashdan bosh tortadi. Yunkerning 9 noyabrda bergan bayonoti xususida RIA “Novosti” xabar qilmoqda.

«Biz Yevropa mudofaa ittifoqi masalasini... hatto Yevropa armiyasi tashkil etishgacha qaytadan muhokama qilishni boshlashimiz kerak. Bu ayni vaqtda yangray boshlagan kelajak musiqasi, biroq, ko‘pchilik yevropaliklar uni eshitmayapti», — degan Yunker. 

Shu bilan bir vaqtda, Yunkerning aytishicha, YeI mamlakatlari ko‘p jihatdan Vashington oldida qarzdor. 
 

Mavzuga oid
Top