12:17 / 10.11.2016
8517

Janubiy Koreya prezidenti Tramp bilan telefon orqali gaplashdi

Janubiy Koreya prezidenti Pak Kin Xe AQShning yangi prezidenti Donald Tramp bilan telefon orqali suhbatlashdi. Bu haqda RIA “Novosti” axborot agentligi xabar bermoqda. 

"Ryonxap" axborot agentligining diplomatik doiralardagi manbalarga iqtibos keltirgan holda xabar berishicha, Tramp suhbat davomida AQShning "Janubiy Koreya himoyasini ta'minlash" bo‘yicha o‘z majburiyatlariga sodiq qolishini tasdiqlagan. 

"Biz Janubiy Koreya va AQSh xavfsizligini ta'minlash maqsadida hamkorlikni davom ettiramiz", deb aytgan Tramp.

Tramp AQShning 45-prezidenti etib saylandi. Janubiy Koreya AQShdagi prezidentlik saylovlari arafasida milliy xavfsizlik kengashining favqulodda yg‘ilishini o‘tkazgan.

 

Top