12:27 / 11.11.2016
9060

Amerikalik aktyor 2020 yilgi prezidentlik saylovida nomzod sifatida ishtirok etmoqchi

Amerikalik aktyor Ron Perlman o‘z nomzodini 2020 yil AQSh prezidentligi uchun o‘tadigan saylovlarda ilgari surdi. Bu haqda u o‘zining “Feysbuk”dagi akkauntida ma'lum qilgan.

Uning bu posti bir kun ichida 330 ming layk yiqqan va 99 ming marta repost qilingan. Perlman o‘z istagini “Amerikani yana va yana buyuk qilamiz” shiori ostida bildirgan. Bu ma'noda u AQShning yangi prezidenti Donald Trampni yoqlab chiqqan. 

«Kepkalaringizni ehtiyot qiling», — deb qo‘shimcha qilgan aktyor.

Ijtimoiy tarmoqda e'lon qilingan izohlardan foydalanuvchilar Perlmanni qo‘llab-quvvatlashganini ko‘rish mumkin. «Sizda mening ovozim bor! Agar albatta Skala (boshqa bir amerikalik aktyor Dueyn Jonson) ham nomzod bo‘lmasa», — dedi ulardan biri.

Ayrim foydalanuvchilar Perlman  rol ijro etgan “Hellboy” filmini yodga olib: «Janob prezident, birinchi farmoningiz nima bo‘ladi?”, degan savoliga aktyor "Hellboy 3!", — deya javob qaytargan.

 

Top