15:12 / 11.11.2016
6012

Yangilangan VW Golf namoyish etildi

Germaniyaning Volkswagen kompaniyasi rasman yangilangan Golf xetchbekini namoyish etdi. Modelga 1,5 litrli 4 silindrli dvigatel, butunlay yangi raqamli priborlar paneli, sensor tugmachali multimedia tizimi hamda harakatlar bilan boshqarish imkoniga ega bo‘ldi. Harakatlar bilan boshqarish imkoniyati ilk bora ye Golf R Touch kontseptida namoyish etilgan edi. 

Aytish joizki, Golf  oilasining dizaynida birozgina o‘zgarishlar amalga oshirilgan. Uning bamperlari va bosh yoritqich chiroqlari shakli o‘zgargan. Orqa chiroqlari esa barcha to‘plamlarda bir xil, diodli bo‘ladi. 

Modelga 150 ot kuchiga teng TSI motorlar qatori o‘rnatiladi. Undagi silindrlarning yarmi (2tasi) kam yuklanishlarda ishlamaydi. Bundan tashqari, agregatning ekonamunasi, 130 ot kuchiga ega BlueMotion motori ham ishlab chiqilgan. Bu motor, avtomobil pastga harakatlanayotganda o‘chadi va haydovchi gaz pedalini bosmaguncha ishga tushmaydi. VW shu bilan har 100 kmda bir litr yoqilg‘ini tejash imkonini beradi. 

GTI rusumiga o‘rnatilgan 2,0 litrli motorning quvvati 230 ot kuchiga yetkazilgan.  Performance to‘plamiga esa 245 ot kuchiga ega dvigatel o‘rnatiladi. Shu bilan birga, keyinchalik barcha olti diapazonli DSG uzatmalar qutisini almashtiruvchi, yetti bosqichli avtomatik transmissiya ishlab chiqildi.

«Golf»ga 12,3 dyuymli, 1440×540 piksel o‘lchamli ekran, smartfonlarni simsiz quvvatlagich, Wi-Fi hamda yangi multimedia tizimlari o‘rnatiladi. Boshlang‘ich to‘plami harakatlar bilan boshqarish imkoniga ham ega bo‘ladi. Masalan, kaftni o‘ng-chapga silkitish bilan menyu sahifalarini o‘zgartirish yoki radiostansiyalarni sozlash mumkin. 

Model ehtimoliy YTHda yo‘lovchilarni avvalroq himoya qilish tizimini qo‘llashda ham turdosh avtomobillar orasida birinchi bo‘ldi. Halokat xavfi paydo bo‘lganda, deraza va tomidagi lyuki yopiladi, elektronika xavfsizlik yostiqchalariga havo yuborishga shaylanadi, kamarlar tortiladi. Yangi «Golf»ning yana bir qator tizimlari takomillashtirilgan.

VW Golf Yevropa bozorida kelasi yil aprelidan sotuvga chiqariladi. Modelning sakkizinchi avlodi 2019 yilda paydo bo‘ladi. 

 

 

Mavzuga oid
Top