21:08 / 11.11.2016
16471

Aziz Haydarov Janubiy Koreyaga qarshi o‘yinga olib ketilmaydi

Foto: the-uff.com

O‘zbekiston terma jamoasi yarim himoyachisi Azizbek Haydarov JCh-2018 saralashi doirasida Janubiy Koreyaga qarshi kechadigan o‘yinga bormaydi. Bu haqda futbolchining agenti San'at Sharipov o‘zining tvitterdagi sahifasida e'lon qildi. 

"Breaking News: Azizbek Haydarov Janubiy Koreyaga qarshi o‘yinda ishtirok etmaydi. U bugungi mashg‘ulotda yana jarohat oldi va terma jamoa lagerini tark etdi", - deya yozgan manba. 

Haydarov 10 noyabr kuni bo‘lib o‘tgan Iordaniyaga qarshi o‘rtoqlik o‘yinida bir necha daqiqa harakat qilgandi. 

U bilan bir amplua vakili bo‘lgan tayanch yarim himoyachisi Vadim Afonin 4 yillik tanaffusdan keyin terma jamoaga taklif etilgandi. Ko‘p ehtimol bilan aynan u Janubiy Koreyadagi o‘yinda asosiy tarkibda harakat qiladi.

Janubiy Koreyaga qarshi o‘yin 15 noyabr kuni Seuldagi "World Cup" stadionida o‘tkaziladi.

Top