08:33 / 11.11.2016
5132

Bayden Pensga vitse-prezident majburiyatlari haqida batafsil ma'lumot berdi

Foto: © AP

AQSh vitse-prezidenti Jo Bayden mamlakatning yangi saylangan vitse-prezidenti Maykl Pens bilan uchrashdi, deb xabar qilmoqda Oq uy matbuot xizmati.

Ta'kidlanishicha, bir necha yillardan beri do‘st bo‘lgan siyosatchilar Kongressdagi faoliyatlarini yodga olishgan. Shundan so‘ng, Bayden Pensga vitse-prezidentning majburiyatlari haqida ma'lumot berib, o‘zi shug‘ullanib kelgan asosiy muammolarga to‘xtalgan. Ular orasida NATO va Sharqiy Yevropa masalalari bor.

Bayden, shuningdek, vakolatlarini topshirishda har qanday ko‘mak berishga tayyorligini aytgan. 


 

Top