22:20 / 11.11.2016
11006

Berni Sanders Trampni musulmonlarni ranjitmaslikka chaqirdi

Foto: Reuters

AQSh demokratik partiyasidan AQSh prezidenligi praymerizlarining sobiq ishtirokchisi, Vermont shtatidan senator Berni Sanders AQShning yangi prezidenti etib saylangan Donald Trampni musulmonlarga nisbatan tahqirlovchi siyosatni olib bormaslikka chaqirdi. Bu haqda "Interfaks" axborot agentligi xabar bermoqda.

"Bu Amerika va biz tegishli hujjati bo‘lmagan 11 mln kishini tashqariga quvib chiqarmoqchi emasmiz. Biz dunyoning eng katta dinlaridan biriga, musulmonlarga qarshi chiqmoqchi emasmiz", deb aytdi Sanders CNN telekanali efirida.  

Sanders "o‘zlari ulg‘aygan davlatda o‘zlarining taqdiri uchun qo‘rquvchi musulmon bolalarini ko‘rishni istamasligini" aytdi. Uning aytishicha, "bu Amerikaga xos emas".

Shu bilan birga senator Trampdan ishlovchi oilalarga nisbatan bergan va'dalarini bajarishni talab qilish lozimligini aytdi.

"U ishlovchi oilalar himoyachisi bo‘lishini aytgan. Umid qilamanki, u soatiga 8 yoki 9 dollarga ishlovchi odamlarning eng kam ish haqini ular loyiq bo‘lgan darajagacha ko‘taradi", deb aytdi Sanders.

Senator shuningdek yangi prezident ayollar va erkaklar maoshini tenglashtirishiga umid bildirdi.

"Men u ayollar maoshini erkaklarniki darajasiga ko‘taradi, deb umid qilaman. Erkaklar bir dollar olganda, ayollar 79 sent olmasligi lozim", deb ta'kidlab o‘tdi Sanders.

 

Top