00:21 / 11.11.2016
21377

Bo‘ydoqlar kunining ilk 5 daqiqasi Alibaba'ga 1 mlrd dollar keltirdi

Foto: © AP

Bo‘ydoqlar kuni munosabati bilan Alibaba internet-do‘koni tomonidan o‘tkaziladigan chegirmalar kunining ilk 5 daqiqasida umumiy xaridlar soni 1 mlrd dollarni tashkil qildi, deb yozmoqda “Interfaks”.

Xitoy kompaniyasi ushbu marosimga e'tiborni kuchaytirish maqsadida ochilish marosimiga aktrisa Skarlett Yoxansson, futbolchilardan Devid Bekhem va Tomas Myuller, basketbolchi Kobi Brayant hamda One Republic rok-guruhini taklif qilgan.

Foto: Twitter/victoriabeckham

Ko‘plab tahlilchilarning fikriga ko‘ra, Alibaba’ning Bo‘ydoqlar kunidagi chegirmasi Amerikaning “qora juma” hamda “kiberdushanba”sini ortda qoldiradi.

Top