12:26 / 11.11.2016
9303

Xitoyda yuqori martabali amaldor pora olgani uchun o‘lim jazosiga hukm qilindi

© AP Photo

Xitoy Xalq siyosiy maslahatlashuv kengashining Guandun viloyatidagi qo‘mitasi sobiq raisi Chju Mingo 21 million dollar miqdorida pora olganlikda aybdor deb topilgan va uni qatl etish hukmi chiqarilgan. Bu haqda China News Service agentligi xabar tarqatdi.

Sud jarayoni XXRning Guansi-Chjuansk muxtor hududidagi Lyuchjou shahrida bo‘lib o‘tgan. Sud sobiq amaldorni yirik miqdorda pora olishda aybdor deb topgan, pora bergan tomon ma'lum qilinmagan. Shuningdek, mansabdorni umrbod siyosiy huquqlardan mahrum etish hukmi chiqarilgan. Uning mol-mulki musodara etiladi. 

Odatda Xitoyda o‘lim jazosi hukm o‘qilganidan keyin qisqa muddat ichida ijro etiladi. Biroq ba'zan hukmni ijro etish muddati ikki yilgacha qilib belgilanishi mumkin — bunda sudlanuvchi oliy jazoning umrbod qamoq jazosi yoki uzoq muddatga ozodlikdan mahrum etish bilan almashtirilishiga umid qilishi mumkin.

Chju Mingo 2015 yil dekabrida "qonun doirasidan jiddiy ravishda chetga og‘ishgani" uchun lavozimidan chetlatilgandi. Keyinroq u o‘z aybiga iqror bo‘ldi. 

Xitoyda 2012—2013 yillarda Si Tszinpin boshliq «beshinchi avlod» rahbarlari hokimiyat tepasiga kelganidan so‘ng, mamlakatda korrupsiyaga qarshi keng miqyosli kurash boshlangan.

Top