18:03 / 11.11.2016
24029

Hillari Klintonni saylovdan keyin o‘rmonda uchratishdi

AQShning Chappakua shahrida yashovchi (Nyu-York  shtati) Margo Gerster o‘rmonda tasodifan AQSh sobiq davlat kotibi, 1 kun oldin prezidentlik saylovida mag‘lub bo‘lgan Hillari Klintonni uchratib qoldi. Qiz u bilan tushgan suratini “Feysbuk”dagi sahifasida e'lon qilgan.

Gerster joylashtirgan suratga izoh sifatida yozishicha, saylovlardan qattiq charchagach, o‘zining sevimli maskani bo‘lmish Chappakuada dam olishni maqsad qilgandi. U tasodifan itlari bilan sayr qilib yurgan Bill va Hillari Klintonni uchratib qolgan. Gerster imkoniyatni boy bermagan holatda, sobiq davlat kotibiga saylovoldi kampaniyasi uchun minnatdorchilik bildirgan.

Shundan so‘ng, Klinton unga ham tashakkur izhor etgan va turmush o‘rtog‘i bilan sayrni davom ettirgan.

Top