14:34 / 11.11.2016
6337

Kerri Antarktikaga tashrif buyurgan eng yuqori martabali rasmiy shaxs bo‘ldi

Foto: apnews.com

AQSh davlat kotibi Jon Kerri Antarktikaga tashrif buyurdi. Bu haqida Associated Press xabar berdi. 

Ma'lum bo‘lishicha, Kerri mazkur janubiy qutbni ziyorat qilgan eng yuqori martabali rasmiy shaxs bo‘ldi. 

Tajribali uchuvchi bo‘lgan davlat kotibi parvozning aksariyat qismini uchuvchilar kabinasida ular bilan suhbatlashib o‘tkazdi. 

Shuningdek Kerrining Mak-Merdo stansiyasiga tashrifi kutilmoqda, u yerdan AQShning Janubiy qutbdagi ilmiy-tadqiqot institutiga yo‘l oladi.

Davlat kotibi "Antarktikadagi iqlim o‘zgarishi qanday ta'sir ko‘rsatayotganini yaxshiroq tushunish uchun" ilmiy xodimlar bilan uchrashishni rejalashtirgan. 

Mavzuga oid
Top